Загрузка
Zamonaviy axborot tizimlarini yaratish o'ta murakkab masala bo lib, uning yechimi birinchi navbatda loyihalashdan boshlanadi. Ushbu darslikda loyihalashning asosiy tamoyillari va foydalanishga asoslangan axborot tizimlarini modellashtirish uslubiyati yagonalashtirilgan UML tili shaklidagi ochiq standart asosida keltirilgan. Asosiy gʻoyalar va usullarning mohiyatini tushunishga yordam beradigan misollar modellashtirish orqali keltirilgan. Asosiy tushunchalar 33ta jadval va 175ta rasmlar bilan toʻldirilgan. Darslikda gʻoyaviy tamoyillar va amaliy koʻnikmalar asboblari ketma-ket kiritilgan, asosiy ob'yektlarni modellashtirish turli turdagi diagrammalar va rasmlarda keltirilgan. Amaliyot jarayonida magistrant axborot tizimini loyihalash va dasturiy muhitni oʻzlashtirishda ob'yektga yoʻnaltirilgan uslubiyatga asos- langan CASE vositasi ArgoUMLdan foydalanadi.
| Формат | Печать |
| Автор | Hakimov M.X. |
| Тип документа | Учебник |
| Год издания | 2024 |
| Количество страниц | 424 |
| Издательство | Ma'rifat |
| Город издания | Toshkent |
| ISBN | 978-9910-665-46-2 |
| UDK | 004.415.25(075.8) |