• admin
  • 23.04.2026
  • Yangilik

Hurmatli talabalar!

Hurmatli talabalar!

📣 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 824-sonli Qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 4-bob, 14-bandiga muvofiq ilg‘or xorijiy ta’lim tajribasi asosida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, kadrlar iste’molchilari talablari va milliy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida 2026-2027 o‘quv yili uchun tanlov fanlari ro‘yxati HEMIS axborot tizimiga kiritildi.

📌 Siz 2026-yil 1-may sanasidan 31-maygacha bo‘lgan muddatda o‘zingiz uchun muhim deb hisoblagan tanlov fani bo‘yicha ma’lumot va taqdimotlar bilan mutaxassislik kafedralarida tanishib, HEMIS axborot tizimida tegishli tanlov fanga ovoz berishingiz mumkin.