- admin
- 23.04.2026
- Yangilik
Kutubxona fondi boyitildi
📜Pedagogika fakulteti Axborot resurs markazida Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Allayeva Hafiza muallifligidagi “Ona tili darslarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasi” (tinish belgilarini o‘rgatish misolida) nomli monografiyasi taqdimoti bo’lib o’tdi.
📚 Jarayonda ARM xodimlari, fakultet talabalari ishtirok etib, mazkur ilmiy adabiyotning ahamiyati, ona tili darslarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning shart-sharoitlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
📖 Mazkur monografiyaning 7 donasi ARM fondiga tuhfa etildi va yana bir manba orqali kitobxon talabalar bilimi boyishiga hissa qo’shildi.