Loading
Qadimgi turkiy urug‘lar va qabilalaming shakllanishi bir necha eposlarda o‘z ifodasini topgan. Jumladan, «Alpomish», «O‘g‘uznoma», «Qo‘rqut ota kitobi», «Manas», «Maaday Qora» kabi eposlar shunday xususiyatga ega. Bu dostonlarda turkiylarning donishmand oqsoqoli yoki urug‘ boshlig'i obrazi yaratilgan bo‘lib, ular urug'larni birlashtirish, ahilligini ta’minlash, ruhlantirishdek ulug‘ maqsad bilan yashaydilar. Qabilalaming shakllanisli davrini aks ettirgan eposlar bizning zamonamizda turli millat folklorshunoslari tomonidan tiklangan yoki ular turli xalqlar adabiyotiga nisbat berilishidan qat’iy nazar ular barcha turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligi hisoblanadi. Chunki, ularda turkiylarning hali turli millatga ajralib, shakllanmagan davrlaridagi hayot tarzi, urf-odati, orzu-umidlari ifodalangan
| Format | Electronic |
| Author | Sulaymonov I.I. |
| Document type | Study guide |
| Published year | 2019 |
| Number of pages | 160 |
| Publishing house | SamDU |
| Publishing city | Samarqand |
| ISBN | 978-9943-6320-6-6 |
| UDK | 891.709 |