• admin
  • 12.03.2026
  • Yangilik

“Etnologiya” darsligi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

🖋 Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti “Tarix va falsafa” kafedrasi o‘qituvchisi Tursunov Jovli Narzullayevich o‘z muallifligidagi “Etnologiya” darsligining taqdimotini o‘tkazdi. Tadbir doirasida 30 dona darslik Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi.

📚 Taqdimotda darslikning mazmuni, ilmiy ahamiyati va talabalarga foydali jihatlari keng muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari kitobning talabalarga zamonaviy o‘quv materiali sifatida qanchalik foydali ekanligini ta’kidlashdi.

📘 Endi “Etnologiya” darsligi ARM fondida mavjud bo‘lib, talabalar va tadqiqotchilar undan foydalanishlari mumkin. Bu qo‘shimcha resurs fakultetning ilmiy imkoniyatlarini kengaytiradi va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.