- admin
- 12.03.2026
- Yangilik
"Kitobxon talaba" tanlovi bo‘lib o‘tdi!
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti yoshlar ittifoqi BT yetakchisi S.Xidirov hamda “Besh tashabbus” loyihalari koordinatori I.Jurayev tashabbuslari bilan "Kitobxon talaba" tanlovi oʻtkazildi.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanmoqda. Shu munosabat bilan tanlov zamonaviy yondashuv asosida, maxsus yaratilgan Telegram bot orqali raqamlashtirilgan shaklda o‘tkazildi.
🏆 Natijalar
🥇1-oʻrin Filologiya fakulteti talabasi Omonullayeva Fozilaxon.
🥈2-oʻrin Pedagogika fakulteti talabasi Muhammad Norboyev
🥉3-oʻrin Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabasi Jabborov Diyorbek
Tanlov davomida talabalar o‘z bilim va kitobxonlik saviyasini sinovdan o‘tkazishdi. Jarayon shaffof, qulay va innovatsion tarzda tashkil etildi.
📖 Ushbu tashabbus yoshlarni kitob o‘qishga, bilimga intilishga va raqamli vositalardan samarali foydalanishga undaydi.