• admin
  • 09.04.2026
  • Yangilik

Amir Temur haftaligi

Pedagogika fakultetida haftalik doirasida badiiy asarlar bilimdonlarini aniqlash, kitobsevarlikni targ’ib etuvchi tanlovlar tashkil etildi. Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchilari J.Ubaydullayeva, H.Allayeva, O.Yozdonqulovalar tomonidan talabalar ishtirokida “Kitob-bebaho boylik” shiori ostida adabiy-badiiy mushoira kechasi tashkil etildi. 

📚 Bunday tadbirlar orqali yoshlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqish kuchayadi, mutolaa madaniyati shakllanadi va keng dunyoqarashga ega bo‘lish imkoni yaratiladi.

💥 Tadbirda talabalar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etildi. 

🌟 Taqdirlash marosimi 9-aprel kuni katta bayram tadbirida o’tkaziladi. 

1.Norqobilova Jamola –“Eng faol kitobxon”,

2. Begmatova Ozoda – “Eng mahoratli kitobxon”,

3. Gʻafforova Iroda–“Teran fikrli kitobxon”,

4. Boʻritoshova Ruxshona – “Kitobsevar talaba”

5. Rahmonova Mehriniso–“Intiluvchan kitobxon”,

6. Qarshiyeva Sevinch- “Yorqin ishtirokchi”.