- admin
- 12.03.2026
- Yangilik
O'quv jarayoni o'rganildi
🏢 Bugun Pedagogika fakultetida O'quv ishlari bo'yicha prorektor
U.X.Bo'tayev tomonidan fakultetda olib borilayotgan o'quv jarayoni, yakuniy nazorat imtihonlarining belgilangan mezonlar asosida o'tkazilish holatlari atroflicha o'rganildi.
⚡️ Jarayonda ARM faoliyati o'rganilib, yangi badiiy adabiyotlar, asosiy o'quv adabiyotlarining mavjudligi, shuningdek, kutubxonaning moddiy-texnik bazasini boyitish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Mas' ullarga mavjud holatlar yuzasidan topshiriq va ko'rsatmalar berildi. Talabalarning ilm olishi uchun qulay sharoit va imkoniyat yaratish muhimligi malakali mutaxassislar tayyorlashning asosi ekanligi ta'kidlandi.
📌Registrator ofis, yakuniy nazorat shtab xonalarida jarayonlarning shaffoflik asosida o'tkazilayotganligi holati kompleks tahlil qilindi.